Hammamizga ma'lumki, odatda biror bir mahsulotning narxi qancha baland demak u shuncha yaxshi va sifatli, agar narxi past bo`lsa yomon va sifatsiz degan fikr keladi. Texnika borasida gap ketganda, ayniqsa Noutbuklar haqida gapirganda bu har doim ham to`g`ri kelavermaydi. Chunki, ba'zilar $100-200 bahoda olgan noutbuklarini 10 yildan beri ishlatmoqda, ba'zilarning $500-600 narxdagi noutbuklari esa allaqachon yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.
Lekin, shunday bir firma borki, ularning arzon narxdagi noutbuklarini umuman olmagan ma'qul, gap - Lenovo haqida.
Lenovo firmasiga nisbatan xusumatim yo`q, bu firmani yomonlash niyatim ham, lekin bu maqola mutoalachilariga shaxsiy kuzatuvlarim natijasida yuzaga kelgan fikrlarimni yetkazib qo`yishim kerak deb bildim.
1. Imkon qadar Lenovoning budjet noutbuklarini olmang! Budjet noutbuklar bahosi $250-300 gacha bo`ladi. Ular faqat va faqat ofis uchun mo`ljallangan va o`yinlar, video ko`rish, oddiy dasturlarda ishlash ham bu narxdagi noutbuklarni tez charchatadi. To`g`rirog`i, bu narxdagi Lenovo noutbuklarining o`zi tez ishdan chiqadi.
2. Sizga 5-7 yilga muammosiz ishlab berishi mumkin bo`lgan Lenovo noutbukining eng minimal narxi hozirda $400 dan boshlanadi. Undan arzonini olmang.
3. Dizayn va silliq qoplamga aldanmang! Foydalanayotganingizda dizayni har doim ham qulay bo`lib chiqmaydi, silliq qoplam esa barmoqlaringiz va kaftingiz izlari bilan qoplanadi.
Lenovo brendini ko`pchilik arzon noutbuklar bilan bog`lashadi. Lekin, bu brend asosan qimmat noutbuklarining sifati yaxshiligi bilan ajralib turadi. Masala shundaki, Lenovoning arzon qurilmalari ba'zida o`z-o`zidan ham ishlamay qoladi. Hech bir boshqa firma noutbuklarida yuzaga kelmaydigan muammo aynan shu firmanikida yuzaga keladi: goh Wi-Fi ni yaxshi ushlamay qoladi, goh ekran o`zini g`alati tutishni boshlaydi, goh hammada ishlagan dastur sizda ishlamaydi!
To`g`ri, bu firmaning $700 narxdagi noutbuklari haqiqattan sifatli va o`z narxiga arziydi, ularda qimmat va yaxshi ehtiyot qismlari qo`llaniladi. Lekin, aynan shu narxdagilarida! Agar siz arzonroq qurilma olmoqchi bo`lsangiz, sifati ham narxiga proporsional ravishda pasayib boraveradi.
Lenovo Legion Y540-15IRH
$200-300 narxga noutbuk olmoqchi bo`lsangiz, Asus, Acer va Dell kabi firmalar tavsiya qilaman, faqat Lenovoni emas!
Qobiljon 07.07.2020 / 12:55 #157
Shuni ham unitmaslik kerak-ki, agarda siz word/excel dan chiqmagan boʻlsayiz, unda siz lenovo bilan bogʻliq muammolarga duch kelmagansiz
Javob berish
Mamatkulov 07.07.2020 / 11:29 #156
Javob berish
ABBOSKHONOFF 06.04.2020 / 13:26 #18
Javob berish